| BIZNING VAZIFAMIZ
Hamyonbop, malakali tibbiy xizmat ko’rsatish orqali insonlarning sog’lig’ini tiklash, va shu orqali insonlarning yashash sifatini oshirish.
Shuningdek, har bir bemorga beminnat yordam berish maqsadida sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish yo’lidagi sayiharakatlarimiz. Odamlarga umid, tabassum va yaxshilik ulashish bizning vazifamizdir.
| BIZNING MAQSADIMIZ
Bizga murojaat etgan insonlarga qulay usulda yuqori malakali tibbiy xizmat ko’rsatishdan iborat.
| BIZNING QADRIYATLARIMIZ
- Ko’p yillik amaliy klinik tajribaga ega yuqori malakali xodimlar;
- Yuqori darajada tibbiy xizmat ko’rsatish;
- Sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish: tashxis qo’yishning har bir bosqichida, bemorni davolash va parvarishlashda - har bir shifokor bajarilgan ishning natijasi uchun mas’uldir;
- Bemorlarga tashxis qo’yish va davolashning individual kompleksli dasturlarini qo’llash;
- Jahon talablari darajasidagi ilg'or tibbiy texnologiyalar;
- Klinik-laborator, nurli va funksional tashxislashning zamonaviy metodlari.
- O'z soxasini mutaxassisi va professional yondashuv: bizning klinikamizning har bir shifokori o'z mutaxassisligini puxta egallagandir, Yevropa va Osiyoning yetakchi klinikalarda malakalarini oshirib boradilar.
- Ijobiy fikrlash: ish sifatini yaxshilash va zaruriy klinik natijalarga erishishga turtki bo’ladi.
- O’z ustida ishlash: bizning markazimizdagi har bir xodim muntazam o'z malakasini oshirib, bilimlarini chet ellik professorlarning mahorat darslarida kengaytirib boradi.